Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi ortidan Ronalduga ham qamoq jazosi tahdid solmoqda
«Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduga 8 mln yevro va 4 oygacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Cadena Ser xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 2011-2013 yillar davomida soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinmoqda.
Hozirda soliq xizmati futbolchining harakati jinoyat yoki ma'muriy huquqbuzarlik ekanini aniqlamoqda.
Qayd etilishicha, «qaymoqranglilar» futbolchisi mamlakat moliya organi surishtiruv e'lon qilganidan so‘ng o‘z ishlarini tartibga keltirish taraddudiga tushgan.
Agar Ronalduning harakatlari ma'muriy huquqbuzarlik deb topilsa, u davlat g‘aznasiga 8 mln yevro to‘laydi. Agar uning ishi soliqqa oid jinoyat deb topilsa yana o‘sha summadagi jarima bilan 4 oylik qamoq jazosi tayinlanadi.
Biroz oldinroq Ispaniya sudi «Barselona» hujumchisi Lionel Messiga soliqlarni to‘lamagani uchun 21 oylik qamoq jazosi tayinlagandi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026