Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu JCh-2026 faoliyatidagi so‘nggi jahon chempionati ekanini aytdi
Bu Ronaldu uchun oltinchi jahon chempionati hisoblanadi. U Yevro-2016 va UYeFA Millatlar ligasi (2019, 2025) turnirlari g‘olibi bo‘lgan.
Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu ayni paytda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati uning faoliyatidagi oxirgisi ekanligini aytdi. Bu haqda AS xabar berdi.
«Bu mening oxirgi jahon chempionatim. Undan zavq olish kerak», — dedi Ronaldu.
Ronalduning so‘zlariga ko‘ra, Ispaniya bilan bahs natijasi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, u sof vijdon bilan ketadi.
«Ming foiz. Men futbolni sevganim uchun o‘ynayman. Nima bo‘lmasin, baxtiyor bo‘laman. Faoliyatimning oxirigacha borishim va g‘alaba qozonishim shart deb o‘zimga bosim qilmayman», - dedi u.
Bu Ronaldu uchun oltinchi jahon chempionati hisoblanadi. U Yevro-2016 va UYeFA Millatlar ligasi (2019, 2025) turnirlari g‘olibi bo‘lgan.
Portugaliyaliklar nimchorak finalda ispaniyaliklar bilan uchrashadi. Bahs 6 iyul kuni 00:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
12:24 / 12.07.2026
JChda yana bir noyob holat ro‘y berdi: norveglar Angliyaning goli nohaq urilganini aytmoqda
08:13 / 12.07.2026
Angliya Norvegiyani turnirdan chiqarib yubordi
21:10 / 09.07.2026
Tungi futbol tomoshasi vazn ortishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
19:28 / 08.07.2026