Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misr sudi Husni Muborak oilasining da'vo arizasini rad etdi
Misrning Qohira sudi mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborak oilasining unga tegishli aktivlardan taqiqlovni olish talabi bildirilgan da'vo arizasini rad etdi. Sudyalar mamlakat adliya vaziri va bosh prokurorining Muborak oilasiga tegishli moliyaviy vositalarga taqiqlov qo‘yish qarorini qonuniy deb topdilar.
2017 yil mart oyida sudga Husni Muborak va uning o‘g‘illari Jamol va A'lo tomondan da'vo arizasi berilgan. Ular kliring kompaniyalaridan biridagi o‘z oilalariga tegishli 62 mln misr funtiga (3,4 mln dollar) teng aksiyalarning qaytarilishini talab qilmoqdalar. Muborak oilasining aksiyalariga taqiqlov qo‘yish haqidagi qaror joriy yilning yanvarida Qohira prokuraturasi tomondan qabul qilingan.
Sobiq prezident Misr kassatsiya sudi tomondan namoyishchilarning o‘limiga aloqadorlik ishi bo‘yicha oqlangan. Keyinroq Muborak oxirgi uch yil davomida hibsda bo‘lgan Qohiradagi gospitalni tark etgan va hozirda poytaxt tumanlaridan birida yashamoqda.
Muborak oqlanganiga qaramasdan, unga, uning oilasiga va yaqin qarindoshlariga hali ham Misr va xorijdagi hisob raqamlaridagi mablag‘lardan va ko‘chmas mulkdan foydalanish taqiqlangan.
Shuningdek, Shveytsariyadagi banklardagi hisob raqamlarga Muborak, uning qarindoshlari va unga yaqin odamlar tomondan o‘tkazilgan 430 mln frankka taqiqlov solingan. Ushbu mablag‘larning kelib chiqishi bo‘yicha hali ham tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:50 / 16.03.2026
Infratuzilma dasturidagi taqsimlanmagan mablag‘lar endi yangi tartibda ajratiladi
23:18 / 25.02.2020
Misrda Husni Muborak vafoti munosabati bilan 3 kunlik motam e'lon qilindi
22:10 / 25.02.2020
Husni Muborak: Misrni 30 yil boshqargan «yangi Fir'avn»
16:16 / 25.02.2020