«Al-Arabiya» telekanali yozişiça, u Qohiradagi harbiy gospitalda jarrohlik amaliyotini boşdan keçirgaç bir neça hafta ötib hayotdan köz yumgan.
Husni Muborak 1928 yilning 4 may kuni tuğilgan. U sovet ittifoqida harbiy samolyotlarni boşqarişni örgangan, Misrda Jamol Abdul Nosir prezidentligi davrida turli harbiy lavozimlarda işlagan va Misr Harbiy havo kuçlari ştab boşliği lavozimigaça kötarilgan.
Prezident Anvar Saodat davrida Husni Muborak mamlakat vitse-prezidenti etib tayinlangan, unga uyuştirilgan suiqasddan söng (1981 yil - tah.) esa prezidentlik lavozimini egallagan.
Muborak 2011 yil bahorida butun Misrni qamrab olgan namoyişlardan keyin iste'fo bergandi. Köp ötmay u hibsga olinadi.
2012 yilda sobiq prezident namoyişlar vaqtida tinç aholi öqqa tutilişiga aloqador sifatida ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm etiladi. Ammo 2013 yilda harbiylar davlat töntarişi amalga oşirişgaç, sobiq prezident sud instansiyasi tomonidan oqlanadi.
2017 yilda u ozodlikka çiqadi. Qamoqxonadaligida Misrning sobiq rahbari infarktni boşdan keçiradi.
Muborakning iste'fosidan keyin hokimiyatga muvaqqat hukumat kelgandi. 2012 yilda Misr tarixidagi ilk demokratik saylovlarda «Birodar musulmonlar» partiyasidan nomzod bölgan Muhammad Mursiy ğalaba qozonadi.
Muxolifat Mursiyni va uning partiyasini hokimiyatni monopollaştirişda va iqtisodiy inqirozni keltirib çiqarişda ayblaydi. Natijada bir yil ötib mamlakatda yangi namoyişlar boşlanib ketadi.
2013 yil iyulida Mursiy harbiy davlat töntarişi oqibatida hokimiyatdan çetlatiladi. Davlatni 2014 yildan general Abdul-Fattoy as-Sisiy boşqara boşlaydi (ayni vaqtga kelib uning maqomi feldmarşal darajasiga kötarilgan).
Ötmişdoşi kabi Mursiy ham hibsga olingan. U 2019 yil iyulida, töntarişdan 6 yil vaqt ötib sud zalida vafot etdi.












