Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxt maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq ovozi jarangladi (foto)
Har yili 25 may sanasi bitiruvchi o‘quvchilar uchun hayajonli keladi. Chunki aynan mana shu sanada ular maktab bilan xayrlashib, katta hayotga qadam bosishadi. To‘qqiz yil davomida ustoz-murabbiylaridan olgan saboqlari ana shu katta hayot yo‘lida ularga yo‘ldosh bo‘ladi.
Ushbu sanada O‘zbekistondagi barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo‘lgani kabi Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi 160-umumta'lim maktabi va Chilonzor tumanining 182-umumta'lim maktablarida ham o‘quv yili yakuniga bag‘ishlangan "Xayr, maktab! Salom, kollej!" nomli tadbir o‘tkazildi. Ushbu tantanaga ota-onalar, pedagoglar, mahalla faollari taklif etildi.

Tadbirga so‘zga chiqqanlar so‘nggi vaqtlarda mamlakatning ta'lim sohasidagi yangiliklar, olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar haqida so‘z yuritishdi. Ilm-fan sirlarini egallab, O‘zbekiston ravnaqiga hissa qo‘shish har bir insonning sharafli vazifasi ekanligi ta'kidlandi. Yil davomida turli ijodiy va ma'rifiy tanlovlar, bilimlar bellashuvlarida, sport musobaqalarida faol qatnashgan o‘quvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.






Mavzuga oid
11:40
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
17:12 / 05.06.2026