Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poytaxtda yana bir fohishaxona aniqlandi
2017 yil 22 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, taxminan soat 17:30 larda fuqaro Tsoy Mariya va Ibragimov Karimlar (shaxslarning anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) g‘arazli va boshqa past niyatda, Tsoyning xonadonida fohishaxona saqlab, 140.000 so‘m pul evaziga fuqarolar “M” va “B” larga jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Tsoy va Ibragimovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 3-qismi (fohishaxona bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:22 / 27.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi
20:44 / 11.08.2025
Ichki ishlar organlarining 3 xodimi korrupsiya ustida qo‘lga olindi
17:59 / 06.08.2025
Sirdaryoda mashina olib qochgan ikki yigit Bo‘kada ularning yo‘lini to‘sgan IIB xodimini pichoqladi
09:02 / 04.08.2025