Özbekiston Fanlar akademiyasi matbuot xizmatiga köra, uşbu tarixiy kitob XV asrning buyuk astronom olimning asari bölib, Amir Temurning nabirasi, Movarounnahr sultoni Mirzo Uluğbek (1394-1449) boşçiligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan.
Asar tört qismdan iborat bölib, birinçisida xronologiya va taqvimlar, turli xalqlarning yil hisobi, ikkinçi qismda sferik astronomiya va matematik geografiya masalalari hamda matematik va geografik jadvallar berilgan.
Uçinçi qism sayyoralar harakati va yulduz astronomiyasiga bağişlangan bölib, unda 1014 ta yulduzning katalogi keltirilgan. Törtinçi qism astrologiya, ya’ni munajjimlar başorati tavsifiga oid.












