Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg: NATO IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi
NATO davlatlari yetakchilari sammit davomida alyansning IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiyaga qo‘shilishi haqida qaror qabul qiladi. Bu haqda AFP NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergga asosan xabar berdi.
Avvalroq, ba'zi OAV Fransiya va Germaniya 25 may kuni NATOning IShIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shilishi uchun rozilik berishi haqida xabar tarqatgandi.
Eslatib o‘tamiz, 25 mayda NATOning Bryusseldagi yangi bosh qarorgohida alyansning qisqartirilgan dastur bo‘yicha sammiti bo‘lib o‘tadi. Yig‘ilishning asosiy mavzulari NATOning terrorchilikka qarshi kurashdagi roli va AQSh ittifoqdoshlarining mudofaa xarajatlarini oshirishi bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:05 / 15.07.2026
NATO nega Xitoyni strategik raqib sifatida ko‘ra boshladi?
21:57 / 13.07.2026
Ukraina va Yevropa davlatlari raketaga qarshi mudofaa koalitsiyasini tuzdi
11:46 / 10.07.2026
Turkiya omili: NATOda zarur, YeIda ortiqchami?
11:30 / 10.07.2026