Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida firibgarlik jinoyati avj olmoqda
Toshkent shahri ichki ishlar idoralari bir haftada 26ta jinoyatni “issiq izi”dan fosh etdi. 2017 yilning may oyining 25-sanasiga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan olib borilgan tezkor tergov tadbirlar natijasida 91ta jinoyat issiq izidan fosh etildi.
Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida ma'lum qilinishicha, yil boshidan 943 nafar, oy boshidan 133 nafar, shundan hafta davomida 36 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlangan.
Bundan tashqari, yil boshidan 299 nafar shaxs bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida ularning 226 nafari, oy boshidan 16 nafari, hafta davomida esa 5 nafari aniqlanib yashash joylariga kaytarilgan.
Shu bilan bir qatorda, 2017 yilning 4 oyi 20 kuni davomida barcha yo‘nalishlardagi jinoyatlar 605 taga, (11 foizdan ortiqroq), jumladan, shaxsga qaratilgan jinoyatlar, ya'ni qasddan odam o‘ldirish, nomusga tegish kabi jinoyatlar kamaygani bilan bir qatorda, firibgarlik jinoyati 186 taga oshganligi kuzatildi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaharliklar va O‘zbekistonning boshqa hududlari fuqarolarini har bir moddiy oldi-berdi, qarz oldi-berdisini qanday miqdorda va kim bilan amalga oshirilayotganidan qat'inazar dalil bilan qayd etishni tavsiya qiladi.
Mavzuga oid
16:48 / 15.05.2026
“Kichik yo‘lda 120 km/soat tezlikda haydadi” – Xorazmda mast holda mashina boshqargan IIB xodimi YTHga uchradi
10:39 / 02.05.2026
Jinoyatni bosdi-bosdi qilib berishini aytib pul olgan IIB xodimi ushlandi
17:00 / 28.04.2026
“Egnidagi formasiga ishonib qolibman” – Andijonda YXHB inspektori odamlarni chuv tushirdi
13:58 / 25.04.2026