Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda jiddiy YTH ro‘y berdi, bir yo‘lovchi vafot etdi
Foto: Toshkent shahar IIBB
Toshkent shahrida YTHga uchragan “Matiz” avtoulovining yo‘lovchilaridan biri vafot etdi, deb xabar bermoqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi.
Ma'lum bo‘lishicha, 2017 yil 23 may kuni taxminan soat 16:30 da, haydovchi Xolmatov Sherzod (ma'lumotlari o‘zgartirilgan) “Matiz” rusumli avtoulovni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Nurafshon ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan holda, yo‘l chetiga chiqib ketgan va katta tezlikda piyodalar yo‘lagi temir panjara ustuniga to‘qnashgan. Yo‘l-transport hodisasi natijasida avtoulovning 3 nafar yo‘lovchilari turli xil darajadagi tan jarohatlari olgan va ularning biri shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositasini foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
21:03 / 22.03.2026
Amir Temur xiyoboni hududi 23 martdan 7 aprelga qadar vaqtincha yopiladi
19:04 / 20.03.2026
Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari e’lon qilindi
11:12 / 20.03.2026
Toshkentdan bir kunda 500 mingdan ortiq avtomobil chiqib ketdi
09:08 / 20.03.2026