Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan mahbusning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirildi
Mardon Farmonov 2016 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Jondor tuman Sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun aybli deb topilib, unga nisbatan har oylik ish haqining 20 foizini davlat hisobiga to‘lash sharti bilan 3 yil muddatda axloh tuzatish ishlari jazosi tayinlangan edi, deb xabar berdi Kun.uz’ga Buxoro IIB.
2016 yilning 2 dekabr kuni Jondor tumani “Said Hamroyev mevazori” fermer xo‘jaligigi ishchi vazifasida ishga joylashtirilgan mahkum Mardon Farmonov ishga chiqmasdan, amaldagi qonunchiligimizni nazar pisand qilmay o‘zboshimchalik bilan turli bahonalarni ro‘kach qilib o‘z ish joyini tark etib, doimiy ravishda spirtli ichimliklar iste'mol qilib yurganligi, qo‘ni-qo‘shnilari, qarindoshlari bilan muntazam ravishda janjallashib kelganligi, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashning belgilangan tartib-qoidalarini buzib, IIB ruxsatisiz yashash uyini doimiy ravishda tark etib kelganligi, jazo o‘tashdan bo‘yin tovlab o‘ziga tegishli xulosa chiqarmaganligi sababli Jondor tuman IIB boshlig‘ining Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi nomiga yo‘llangan taqdimnomasiga asosan o‘tkazilgan “Sayyor sud” majlisida mahkum Mardon Farmonovning o‘talmay qolgan 2 yilu 10 oy axloq tuzatish ishlari jazosi Sud qaroriga asosan ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Mavzuga oid
12:28
2025 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan 15 ta qotillik jinoyati sodir etildi
11:51 / 16.01.2026
Buxoroda reyd: noqonuniy ov va ilon bilan “sirk” tomoshasi aniqlandi
14:56 / 15.01.2026
Tuman (shahar) va viloyat sudlariga rais lavozimi kerakmi?
23:12 / 14.01.2026