Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nokia 9 rekord hajmdagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
HMD kompaniyasi Nokia telefon qatorlari borasida xaridorlarni ko‘p siylamaydi, shunday ekan, kompaniyaning yangi Nokia 9 flagmani haqida eshitganlarimiz - faqatgina uning Snapdragon 835 protsessoriga ega bo‘lishi. Biroq Hi-Tech'ga ko‘ra, bugun u haqida yangi qiziq ma'lumot paydo bo‘lgan.
GeekBench ma'lumotiga ko‘ra, Nokia 9 juda katta - 8 Gb hajmdagi operativ xotiraga ega bo‘ladi. Smartfonning kod nomi - Heart, bu avvalgi tarqalgan xabarlarda qayd etilgan.

Boshqa bir xabarlarga ko‘ra, bugungi kunga qadar telefon xususiyatlariga oid ma'lumotlar - Nokia 9'ning 5,3 dyuymli QHD-ekran, 13MP ikki asosiy kamera va taxminan 4 hamda 8 Gb operativ xotiraga ega bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, Nokia 9 Geekbench benchmark-testida OnePlus 5 va Samsung Galaxy S8'ni ortda qoldirgan.

GSM Arena'da yozilishicha, qurilmaning dastlabki qiymati - 750 yevro.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026