14:31 / 26.05.2017
14309

Ronaldu qamalishi mumkinligi haqidagi xabarlardan hayron bo‘lmoqda

Foto: AFP

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu soliqlardan bo‘yin tovlagani uchun jarimaga tortilishi yoki qamalishi mumkinligi haqidagi xabarlarga hayronlik bilan munosabat bildirmoqda.

Uning qamalishi haqidagi xabar doimiy ravishda yangilanmoqda. 

Avvaliga Marca nashri Ronaldu Ispaniya soliq idorasidan 8 mln yevro daromadni yashirgani va byudjyetga 2 mln yevro soliq to‘lashi lozimligi haqida xabarlar chiqqan edi. Unga ko‘ra futbolchining aybi isbotlansa, unga 4 oylik qamoq muddati tahdid solayotgandi.

Endi esa Ronaldu 2014 yili 15 mln yevro miqdoridagi daromadni hisobotda ko‘rsatmagani ma'lum qilindi. Oradagi farq Ispaniya soliq qonunlarida yuz bergan o‘zgarishlardan kelib chiqqan.

Aniqlik kiritilishicha, portugaliyalik futbolchi Ispaniyada o‘z imij huquqidan kelgan 75 mln yevrodan (2009 yildan buyon) 20 foizini soliq sifatida to‘lagan. Bundan tashqari, u o‘z imiji huquqini 2020 yilga qadar 75 mln yevroga sotgan va bu Ispaniyada «Bekhem qonuni» bekor qilinishidan bir necha kun oldin ro‘y bergan. Bu qonunga ko‘ra, Ispaniya klubida o‘ynovchi xorijlik futbolchi o‘z gonorarlaridan imtiyozli ko‘rinishda soliq to‘laydi. XXI asr boshida Ispaniyada daromadlarning 48 foizgacha qismi soliq sifatida to‘langan bo‘lsa, sportchilar uchun bu miqdor 24 foiz etib belgilangandi.

Ba'zi mutaxassislarning hisoblashicha, bu vaziyatda soliq bo‘yicha qonunlardagi o‘zgarishlar tufayli chigalliklar bor. Ronaldu Angliyadaligida o‘z daromadlarining 8 foizini soliq sifatida to‘lagan, Ispaniyaga kelib esa o‘z ixtiyoriga ko‘ra daromadining 20 foizini soliq uchun o‘tkazgan. Mutaxassislar shu omil futbolchining jinoiy javobgarlikka tortilmasligi uchun asos bo‘lishini aytishmoqda.

Ronalduga ancha ko‘proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda

Mavzuga oid
Top