O‘zbekiston | 22:21 / 26.05.2017
22809
2 daqiqa o‘qiladi

Shoygu o‘zbekistonlik hamkasbiga G‘alaba Bayrog‘i nusxasini topshirdi

Foto: function.mil.ru

RF Mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu O‘zbekiston harbiy idorasi rahbari general-polkovnik Qobul Berdiyevga o‘zbek xalqining fashizmga qarshi kurashda qo‘shgan hissasi uchun hurmat belgisi sifatida G‘alaba Bayrog‘i nusxasini topshirdi.

Shoygu MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashi yig‘ilishini ochar ekan, "O‘zbek xalqining fashist Germaniyasini yo‘q qilishda qo‘shgan ulkan hissasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziriga jasorat va ulug‘vorlik ramzi hisoblangan harbiy yodgorlik - G‘alaba Bayrog‘ining tarixiy nusxasini topshirmoqchiman", dedi.

U chorak asr avval (1992 yilning 26 may kuni)  MDH davlatlari hamkorligiga zamin yaratgan Hamdo‘stlikning Mudofaa vazirlari kengashi formatidagi tarixiy uchrashuv ro‘y berganini yodga soldi.

"Hamkorlikdagi xatti-harakatlar samarasi o‘laroq, biz 25 yil ichida harbiy sohada keng ko‘lamdagi masalalar bo‘yicha barqaror va konstruktiv hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldik. Umumiy o‘tmish va Ulug‘ vatan urushida Sovet Ittifoqining qardosh xalqlari jasoratiga doir xotira uning mustahkamlanishiga turtki beradi", - deya ta'kidladi RF vaziri.

MDH davlatlari Mudofaa vazirlari kengashining 25 yilligi munosabati bilan Hamdo‘stlik davlatlarining harbiy idoralari rahbarlariga "Harbiy hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun" medallari topshirildi.

Mavzuga oid