Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan 53 ta holatda noqonuniy tekshirish o‘tkazilgan
Adliya vazirligida navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va xususiy mulkni himoya qilishning yangi sifat bosqichi: Farmonni hayotga tatbiq etishning muhim masalalari” mavzusida jurnalistlar bilan muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi axborot xizmati.
Uchrashuvda bevosita tadbirkorlar ham ishtirok etdilar va ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha o‘z nuqtai-nazarlarini bayon qildilar.
Anjumanda qayd etilganidek, so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlarini himoya qilishga doir qonun hujjatlari takomillashtirilib, ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish, ortiqcha byurokratik g‘ovlarni bartaraf etish, xususiy sektorga keng erkinlik berishga oid bir qator muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qonun hujjatlari qabul qilindi.
Tadbir qatnashchilari e'tiboriga adliya organlarining tadbirkorlarning murojaatlari bilan ishlash natijalariga oid ayrim dalil va raqamlar havola etildi. Xususan, o‘tgan davr mobaynida tadbirkorlardan kelib tushgan 1577 ta murojaatdan 1211 tasi ko‘rib chiqilib, 512 tasi qanoatlantirilgan bo‘lsa, 653 tasiga huquqiy tushuntirish berilgani qayd qilindi.
Adliya organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatida nazorat qiluvchi organlar tomonidan 53 ta holatda noqonuniy tekshirish o‘tkazilganligi, 652 ta holatda tekshirishlar o‘tkazish tartibini buzish holatlari aniqlandi. Ularni bartaraf etish yuzasidan kiritilgan ta'sir choralari natijasida jami 187 nafar shaxs intizomiy, 87 nafar shaxs esa ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Sudlarga tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab 8,3 mlrd. so‘mlik 229 ta da'vo arizalari kiritildi. Shundan, 95 ta holatda 20,4 mln. so‘mlik moddiy va ma'naviy zararlarni undirish bo‘yicha mansabdor shaxslarga nisbatan da'volar tashkil etadi.
Davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarining tadbirkorlik sub'yektlari huquq va manfaatlariga daxl qiluvchi 83 ta noqonuniy qarorlari bekor qilindi.
Mavzuga oid
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026
IIV, Adliya va Tog‘-kon vazirligi - davlat boshqaruvidagi eng ilg‘or idoralar
15:51 / 12.05.2026