Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uyquga to‘ymaslikning eng katta xavfi ma'lum qilindi
Foto: Fotolia / Yuri Arcurs
Amerikalik tibbiyotchilarning aniqlashicha, doimiy ravishda uyquga to‘ymaslik qandli diabet va yurak-qon tomir tizimi kasalliklaridan aziyat chekuvchi kishilarning insultdan vafot etishiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari bilan Amerika yurak assotsiatsiyasi saytida tanishish mumkin.
Mutaxassislar yurak-qon tomir kasalliklari va qandli diabetdan aziyat chekuvchi kishilarga bir sutkada kamida olti soat uxlashni tavsiya etishdi. Aks holda, tadqiqotchilarning iddao qilishicha, insult ro‘y berganda ehtimoliy o‘lim holati bir sutkada olti soatdan ko‘p uxlaydigan sog‘lom kishilarga qaraganda ikki barobarga ortadi.
Mutaxassislar bunday xulosalarga 1344 nafar erkak va ayolni tasodifan tanlab olib kelishdi. Ular orasidan ehtimoliy xavf guruhiga kiruvchilar ajratib olindi. Unga tana massasi indeksi hamda xolesterin darajasi va qon bosimi yuqori bo‘lgan kishilar kirdi. Kuzatuv 16 yil davomida olib borilgan.
Mavzuga oid
15:20 / 29.12.2025
Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontraktning 30 foiz qismi qoplab beriladi
10:44 / 27.12.2025
Qirg‘izistonda o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining oyligi 2 baravar oshiriladi
22:57 / 23.12.2025
Tez yordamning yetib borish vaqti 3 barobar qisqardi – SSV
17:35 / 13.12.2025