Jamiyat | 08:41 / 27.05.2017
4604
1 daqiqa o‘qiladi

Irlandiyada mushuklarga qarash lavozimiga ishchi qidirishmoqda

Foto: shemazing.net

Irlandiyaning Dublin shahridagi mushuklar uchun mo‘ljallangan veterinariya shifoxonalaridan birida ushbu uy hayvonlarini quchoqlash lavozimiga ishchi yollanmoqda. Shu haqdagi e'lon tibbiyot muassasasi saytiga joylangan

Unga ko‘ra, Just Cat shifoxonasi mushuklarni yaxshi ko‘ruvchi, ularni taomlantiruvchi va jonivorlarga qarashdan huzur qiladigan kishini qidirmoqda. Nomzod mayin qo‘lli, yumshoq ovozli hamda hayajonlanayotgan mijozni tinchlantira oladigan qobiliyatga ega bo‘lishi kerak. 

Bundan tashqari, u mushuklar miyovlashini farqlay olishi lozim. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid