14:39 / 27.05.2017
7319

Iroqda Mo‘sulning IShID nazoratida bo‘lgan so‘nggi tumanlariga hujum boshlandi

Foto: AP

Iroqlik harbiylarning ma'lum qilishicha, g‘arbiy Mo‘sulning IShID terrorchilik guruhi nazoratida bo‘lgan so‘nggi tumanlariga hujum boshlandi.

«Birlashgan kuchlar otryadlari Firot daryosining o‘ng qirg‘og‘idagi qator tumanlarni ozod qilishni boshladi», - deya amaliyotga qo‘mondonlik qilayotgan Abdul-Amir Yaralloning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning ta'kidlashicha, armiya Shif va respublika kasalxonalari joylashgan tumanlarga hujum qilgan. 

Mavzuga oid
Top