Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mo‘sulga aholini shahar markazini tark etishga chorlovchi varaqalar tashlandi
Iroq harbiy-havo kuchlari Mo‘sulga aholini IShID jangarilar tomondan ushlab turilgan shahar markazini tark etishga chorlovchi varaqalar tashlandi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Varaqalarda aholidan xavfsiz yo‘laklardan shaharni tark etishi so‘ralgan. Ularda harbiylar yaqin orada bu hududga hujum qilishi aytilgan.
Save the Children xalqaro nohukumat tashkiloti Iroqning bu harakatidan xavotir bildirdi, chunki agar jangovar harakatlar boshlansa, aholi katta talofat ko‘rishi mumkin.
Mo‘sulni ozod etish bo‘yicha operatsiya 2016 yil oktabrdan beri olib borilmoqda. Mart oyida Iroq hukumat kuchlari shahardagi terrorchilar to‘liq qurshab olingani, ular Suriyadagi jangarilardan uzib qo‘yilganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:10 / 15.07.2026
AQSh Iroq–Suriya neft quvurini qayta tiklashni rejalashtirmoqda
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
23:18 / 07.04.2026
Iroqda o‘g‘irlab ketilgan amerikalik jurnalist Shelli Kittlson ozod qilindi
12:11 / 21.03.2026