Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Yandeks"ning Ukrainadagi ofislarida tintuvlar o‘tkazildi
Ukraina xavfsizlik xizmati 29 may kuni "Yandeks.Ukraina"ning Kiyev va Odessadagi ofislariga tintuv o‘tkazgani kelgan.
"Davlatga xiyonat qilish jinoiy ishi doirasida Kiyev va Odessadagi kompaniyalarda tintuv o‘tkazilmoqda", deb ma'lum qilgan "Interfaks" axborot agentligiga Ukraina xavfsizlik xizmati spikeri Yelena Gitlyanskaya.
Avvalroq ma'lum qilingandek, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 15 maydagi farmoni bilan Ukrainaning milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining 2017 yil 28 apreldagi "Personal maxsus iqtisodiy va boshqa cheklovchi choralar (sanksiyalar) qo‘llash haqida"gi qarorini kuchga kiritdi. Qarorda belgilangan sanksiyalar ostiga "VKontakte" va "Odnoklassniki" ijtimoiy tarmoqlari, "Meyl.ru", "Yandeks" kompaniyalari va ularning xizmatlari ham tushdi. Ukrainada "Meyl.ru" va "Yandeks"ning barcha xizmatlariga kirish 3 yilga taqiqlab qo‘yildi.
Mavzuga oid
21:37 / 16.07.2026
Sergey Koretskiy Ukrainaning yangi bosh vaziri etib tayinlandi
20:14 / 16.07.2026
Zelenskiy yana mudofaa vazirini almashtirmoqda. Bu namoyishlarga sabab bo‘ldi
09:06 / 16.07.2026
Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimini tark etdi
08:58 / 16.07.2026