Mixail Fedorov bu haqda özining Telegram sahifasida xabar berdi. U mudofaa vazirligida işlagan davrini sarhisob qilib, Ukraina xalqiga xizmat qiliş özi uçun katta şaraf bölganini ta’kidladi.
Fedorov öz faoliyati davomida amalga oşirilgan qator işlarga töxtalib ötdi. Jumladan, Rossiya harbiylarining Starlink tizimidan foydalaniş imkoniyatlari çeklangani, dronlar xaridi sezilarli darajada oşirilgani, Uçuvçisiz tizimlar kuçlari uçun yangi dasturlar işga tuşirilganini qayd etdi.
Şuningdek, u Patriot havo mudofaa tizimlari uçun raketa yetkazib beriş böyiça şartnomalar, Gripen qiruvçi samolyotlarini xarid qiliş, Ukraina ballistik raketa dasturini rivojlantiriş hamda xalqaro harbiy yordam sifatida önlab milliard dollar mablağ jalb etilganini özining asosiy yutuqlari sifatida tilga oldi.
Fedorovning ta’kidlaşiça, Ukrainada işlab çiqilgan ballistik raketa ham muvaffaqiyatli sinovdan ötkazilgan.
Şu bilan birga, u ayrim muhim vazifalarni töliq amalga oşirişga ulgurilmaganini ham tan oldi. Xususan, Mudofaa vazirligini NATO standartlari asosida töliq transformatsiya qiliş, barça davlat xaridlarini tender tizimiga ötkaziş va qarorlar uçun mas’uliyat madaniyatini şakllantiriş işlari hali yakuniga yetmaganini bildirdi.
Mixail Fedorov Ukraina mudofaa vaziri lavozimiga 2026 yil 14 yanvar kuni tayinlangan edi.
Hukumatdagi özgarişlar
14 iyul kuni Ukraina Oliy radasi boş vazir Yuliya Sviridenkoning iste’fosini qabul qildi. Bu qaror amalda butun hukumatning iste’fosini anglatadi. Yangi hukumat tarkibida mudofaa vaziri lavozimiga hozirgi içki işlar vaziri Igor Klimenko tayinlanişi kutilmoqda.
Zelenskiy: Fedorov va Sirskiy örtasida tizimli kelişmovçilik bor
«Ukrainskaya pravda» naşrining yozişiça, prezident Volodimir Zelenskiy parlamentdagi «Xalq xizmatkori» partiyasi fraksiyasi yiğilişida Fedorov hamda Ukraina Qurolli kuçlari boş qömondoni Aleksandr Sirskiy örtasida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan tizimli ziddiyat mavjudligini aytgan.
Naşr manbasiga köra, Zelenskiy bu mojaroni hal qilişning iloji bölmayotganini bildirib, «yaxşisi, har ikkisini ham lavozimidan ozod qiliş kerak edi, ammo hozir bunday qaror qabul qila olmayman», degan.

















