Babayan Tailand va Eronga qarshi o‘yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e'lon qildi. Yangi nomlar bor

Foto: O‘FF matbuot xizmati
O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 8-turida Tehron shahrida Eron termasi bilan to‘qnash keladi. Undan avval esa terma jamoa Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Milliy terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan bo‘lajak o‘yinlarga 28 futbolchini jalb qildi:
Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov («Paxtakor»), Ignatiy Nesterov («Lokomotiv»), Eldor Suyunov («Nasaf»);
Himoyachilar: Stanislav Andreyev («Paxtakor»), Farrux Sayfiyev («Nasaf»), Anzur Ismoilov («Chanchun Yatay», Xitoy), Yegor Krimets («Beyjing Goan», Xitoy), Islomjon Qobilov («Metallurg»), Rustam Ashurmatov («Bunyodkor»), Otabek Shukurov («Bunyodkor»), Murod Xolmuhammedov («Qo‘qon-1912»), Davron Hoshimov («Paxtakor»), Akmal Shorahmedov («Nasaf»);
Yarim himoyachilar: Odil Ahmedov («Shanghay SIPG»), Server Jyeparov («Istiqlol», Eron), Javohir Siddiqov («Qo‘qon-1912»), Eldor Shomurodov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Lokomotiv»), Sardor Rashidov («Al-Jaish», Qatar), Marat Bikmayev («Lokomotiv»), Aziz Haydarov («Ajman», BAA), Fozil Musayev («Jubilo Ivata», Yaponiya), Azizjon G‘aniyev («Nasaf»), Vadim Afonin («Orenburg», Rossiya), Odil Hamrobekov («Nasaf»);
Hujumchilar: Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («As-Sayliya», Qatar), Aleksandr Geynrix («Ordabasi», Qozog‘iston).
O‘zbekiston terma jamoasining 3 nafar himoyachisi – Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv», Toshkent), Vitaliy Denisov («Lokomotiv», Moskva) hamda Aleksandr Merzlyakov («Qo‘qon-1912») klub mashg‘ulotlarida orttirib olgan jarohatlari tufayli Tailand va Eronga qarshi uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 iyun kuni Toshkentda Tailandga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Bellashuv «Bunyodkor» stadionida soat 20:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Eronga qarshi uchrashuv esa 12 iyun kuni Tehrondagi «Ozodiy» stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:45 da boshlanadi.
Ma'lumot uchun, JCh–2018 turniriga saralash bosqichi A guruhi 7-turidan keyin Eron 17 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Janubiy Koreya 13 ochko bilan ikkinchi, O‘zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi AQShdan ekstraditsiya qilindi
Jamiyat | 23:06
-
Rossiyalik olimlar chigirtkalardan non yopishni tavsiya qildi
Jahon | 22:49
-
Urushlar endi o‘zgacha: «Pautina» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27
Mavzuga oid

12:50 / 31.05.2025
OAV: AQSh Eronga hujum qilish tahdidi tufayli Isroil bilan harbiy hamkorlikni muzlatdi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi

20:49 / 15.05.2025