Jahon | 18:01 / 29.05.2017
10616
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Fransiyaga keldi. Makron bilan Ukraina masalasi ham muhokama qilinadi 

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning samolyoti Fransiyaga yetib keldi. Bu haqda Gazeta.ru xabar berdi.

Prezident borti Parijning xalqaro aeroporti – Sharl-de-Gollda qo‘ngan.

Shundan so‘ng Vladimir Putin Versalga kelgan. Uni saroyga kiraverishda Fransiya rahbari Emmanuel Makron kutib oldi. Bu yerda Putin va Makronning muzokaralari boshlandi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Ma'lum bo‘lishicha, davlat rahbarlari muzokaralar uchun maxsus xonaga kirishganidan so‘ng, fotosuratchilar uchun maxsus suratga tushishgan. Keyinchalik Putin va Makronning yopiq rejimda, matbuotsiz muzokaralari boshlangan.

Rejaga ko‘ra, prezidentlar uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida jurnalistlarning savollariga javob qaytarishadi. Kremlning ma'lum qilishicha, muzokaralarda asosan ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, terrorizm bilan kurash va Ukraina masalasi muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Putin va Makron “Pyotr I. Shoh Fransiyada. 1717 yil” ko‘rgazmasiga ham tashrif buyuradi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid