Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent yo‘llaridagi eng qoidabuzar haydovchilar ma'lum qilindi
Foto: Kun.uz
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxt yo‘llaridagi eng qoidabuzar haydovchilar ro‘yxatini taqdim etdi.
Unga ko‘ra, birinchi o‘ringa «Vaz 21063» rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 506 FA bo‘lgan avtomashina haydovchisi lozim topilib, ushbu avtomashina haydovchisi jami 32 marotaba qoidabuzarliklar ya'ni, 1 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 31 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunishni xohlamagan holda, jarimalar miqdorini 9.435.825 so‘mga yetkazdi.

Ikkinchi o‘ringa «COBALT» rusumli, davlat raqam belgisi 10 J 434 LA bo‘lgan avtomashina haydovchisi sazovor bo‘ldi. Ushbu avtomashina haydovchisi jami 21 marotaba ya'ni, 18 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmaslik, 3 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmaslik kabi qoidabuzarliklarni sodir etib, jarima miqdorini 4.193.700 so‘mga yetkazdi.

Uchinchi o‘rinda «MATIZ» rusumli, davlat raqam belgisi 01 O 905 RA bo‘lgan avtomashina haydovchisi bormoqda. U jami 17 marotaba qoidabuzarliklar, jumladan, 16 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga, 1 marotaba svetoforning qizil chirog‘i talablariga bo‘ysunmagan holda harakatlangani uchun jarima miqdori 2.845.725 so‘mni tashkil etadi.

To‘rtinchi o‘rinda «SPARK» rusumli, davlat raqam belgisi 01 B 361 PA bo‘lgan avtomashina haydovchisi. U 15 marotaba belgilangan harakatlanish tezligi talablariga bo‘ysunmagan. Jarima miqdori 2.246.625 so‘mni tashkil etadi.

So‘nggi – beshinchi o‘rin «sohibi» bilan tanishing. «NEXIA 2 GLE» rusumli (davlat raqam belgisi 30 707 FAA) avtomashina haydovchisi. 14 marta belgilangan tezlik talablariga amal qilmagan holda harakatlangani uchun unga 3.295.050 so‘mlik jarima solingan.

Mavzuga oid
18:15 / 12.05.2026
Toshkentda ko‘cha bo‘yidagi drenaj ariqchasi beton bilan to‘ldirib tashlandi
18:41 / 11.05.2026
Toshkentda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 21 ming dollar bilan ushlandi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
13:59 / 07.05.2026