Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Captiva va Prado avtomobillaridan 7 mln so‘mdan ortiq mol-mulkni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
2017 yilning 24 fevral kuni taxminan soat 20:00 da, noma'lum shaxs, Yunusobod tumani hududida fuqaro Erkinov Maxmudga (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan “Captiva” rusumli avtoulov eshigini universal pult yordamida ochib, umumiy bahosi 5.900.000 so‘mlik mol-mulkini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan (o‘g‘irlik) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Ulug‘bek Sadikjonovich Mamedoxunov sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan qo‘lga olingan.
Dastlabki tergov harakatlari davomida Mamedoxunov 2017 yilning 22 may kuni Shayxontohur tumani hududida, fuqaro Soipov Zoxidga (anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) tegishli bo‘lgan “Prado” rusumli avtoulovidan 1.200.000 so‘m naqd pullarni o‘g‘irlaganligi aniqlangan.
Mamedoxunovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan kimdir jabr ko‘rgan bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishi mumkin.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
15:50 / 11.06.2026