Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va YeTTB 1,5 mlrd dollarlik loyihalar ustida ish olib bormoqda - Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki umumiy summasi 1,5 mlrd. dollarga yaqin bo‘lgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov xabar berdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida chiqish qilgan Komilovning ta'kidlashicha, O‘zbekiston YeTTB bilan hamkorlikni faollashtirmoqda.
U o‘z chiqishi vaqtida tomonlar 1,5 mlrd. dollarlik qiymatga ega bo‘lgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqayotganini ta'kidlab o‘tgan.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, bu loyihalar transport va kommunal infratuzilma, bank sohasi va kichik biznesda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston YeTTBga 1992 yilda a'zo bo‘lgan. Bank Toshkentdagi o‘z vakolatxonasini 1993 yilning mayida ochdi. YeTTB ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt davomida bank O‘zbekiston hukumati va xususiy kompaniyalarga 54 loyiha uchun 899 mln. yevro taqdim etdi.
Mavzuga oid
09:14 / 20.06.2026
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
09:00 / 22.05.2026