YeTTB ma’lumotiga köra, mazkur loyiha bankning Özbekiston davlat sektorida raqamlaştirişga qaratilgan ilk taşabbuslaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy kömak mamlakat milliy temiryöl operatori — “Özbekiston temiryöllari”ga harakatni boşqariş va taşiş jarayonlarini raqamlaştiriş, şuningdek, kiberxavfsizlik tizimlarini takomillaştiriş imkonini beradi.

Loyiha doirasida dispetçerlik, harakat jadvalini tuziş va tezkor boşqaruv kabi hozirça qöl mehnatiga asoslangan jarayonlar zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan almaştiriladi. Bu esa temiryöl infratuzilmasidan samarali foydalaniş, operatsiyaviy xarajatlarni qisqartiriş hamda xizmatlar sifatini oşirişga xizmat qilişi kutilmoqda.

Şuningdek, yangi kiberxavfsizlik tizimlari xalqaro standartlar asosida joriy etiladi. Bu temiryöl tarmoğining barqaror işlaşi, ma’lumotlar xavfsizligi va transport tizimining işonçliligini ta’minlaşga yordam beradi.

YeTTB ta’kidlaşiça, raqamli transformatsiya dasturi temiryöl sohasida yangi standartlarni şakllantirişga xizmat qilib, Özbekistonning muhim transport yönalişlaridan biri bölgan Transkaspiy xalqaro transport yölagi böylab yuk va yölovçi taşuvlarini yanada samarali taşkil etiş imkonini yaratadi.

Ma’lumot uçun, “Özbekiston temiryöllari” mamlakat böylab minglab kilometr temiryöl tarmoğini boşqaradi va respublika yuk taşuvlarining katta qismini amalga oşiradi. YeTTB esa bugunga qadar Özbekistonda 210 ta loyihaga qariyb 6,9 milliard AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritgan bölib, mamlakat sönggi olti yil davomida Markaziy Osiyoda bank mablağlarining eng yirik qabul qiluvçisi bölib kelmoqda.