Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yil eng sersuv yil bo‘ladi: O‘zbekiston va Qozog‘iston odatdagidan ko‘proq suv olishadi
2017 yil eng sersuv yil bo‘ladi: O‘zbekiston va Qozog‘iston odatdagidan ko‘proq suv olishadi.
Faqat endi bu sersuvlikning oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan toshqinlarga umummilliy miqyosdagi tabiiy ofat sifatida yondashish zarur bo‘ladi.
Joriy 2017 yilning o‘tgan qishki va erta bahorgi mavsumi Tojikistonda kutilmaganda juda ko‘p qor yog‘gani bilan esda qoldi. Daryolarning suvga to‘lib toshganligi suv yo‘lidagi davlatlarga 7,0 kub km. qo‘shimcha suv taqdim etadi, degan tojik injyeneri Kamoliddin Sirojiddinov «Asia plus» media guruhiga.
— Joriy qor qatlamini gidrologik jihatdan o‘rganish ulkan milliy va mintaqaviy ahamiyatga ega, chunki daryolarning suv resurslarni oqilona rejalashtirish va undan foydalanish, suv toshqinining eng cho‘qqisiga chiqish davrlarida falokatlarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi, — dedi u. — Xullas, qor qatlamining balandligi va zichligini kuzatadigan gidrometeorologiya agentligining ma'lumotlariga ko‘ra, qor zaxiralari agar me'yordagisi 100 foiz, deb olinsa, 15 aprel holatiga 160–165 foizni tashkil etayotgani aniqlangan. Qor qatlami erish davrida barcha muzliklar va ko‘plab daryolarni ta'minlaydi va jarlik eroziyasini kuchaytiradi. Qish bo‘yi yig‘ilgan qor zaxirasi va erishning xarakteri joriy suv toshqinlarining ko‘lamini belgilab beradi.
Mayning issiq kunlari kelishi bilan qish bo‘yi dengiz sathidan 2500 metr balandlikkacha bo‘lgan daryo vodiylari, tog‘oldi qismlari va cho‘qqilarda yog‘gan qorlar ham eriy boshlaydi. Barcha erigan suvlar daryo o‘zanlari bo‘ylab Tojikistonning tashqi chegaralarigacha biror bir jiddiy oqibatlarsiz yetkazib berildi.
Lekin dengiz sathidan 2500 metr balandlikda hali ham qor turibdi. Bu esa 70 ming kvadrat kilometr qor bilan qoplangan maydon, yoki Sharqiy Pomir chiqarib tashlansa, mamlakat hududining teng yarmisi ekanligini bildiradi. Bu hududlarda qor qatlamining qalinligi 80 sm.dan 3 metrgacha yetadi.
Qatlamning taqsimlanishi turli tomonlama tahlil qilinishi natijasida, mutaxassislar o‘rtacha balandlikni hisoblab chiqishgan:
— Ushbu hududda mustahkam qor qatlamining o‘rtacha balandligi ayni kunlarda — 1,54 sm.ni, hajmi yoz fasli boshlanishiga kelib 107,8 kub km.ni tashkil etmoqda, — deydi Sirojidinov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, daryo irmoqlarining kattaligi qordagi suv zaxirasiga ham bog‘liq.
— Qishki, quruq qor zichligi 0,35 g/sm.kub bo‘lgani holda, 1 kub metr qor qatlami eriganda 350 litr yoki 0,35 kubometr suv beradi. O‘z o‘zidan 107,8 kub.km qor 37,7 kub.km. suv beradi. Agar ko‘p yillik kuzatishlar natijasida daryo o‘zanlarining yozgi erish davrida o‘rtacha ko‘rsatkichi 23,2 kub.km bo‘lsa, 37,7 kub.km me'yordan 14,5 kub.kmga ortiqroq ekanligini bildiradi, — deydi u va albatta bu qo‘shimcha hajmning hammasi ham daryolarga erib oqmasligini eslatib o‘tadi. Uning 20 foizi bug‘lanib ketadi, yana bir qismi (30 foizi) yer osti oqimini vujudga keltiradi, 2,0 foizi hech qachon erimaydigan qor tarmalari va muzliklarga borib qo‘shiladi.
Uning faqat 48 foizi yoki 7 kub kilometri qo‘shimcha suv sifatida daryolarga oqib qo‘shiladi.
— Bu esa Markaziy Osiyo mintaqasi uchun kutilmagan va ortiqcha suv «ummoni» hisoblanadi. Bu suv yo‘lidan pastda joylashgan davlatlar uchun ular tomonidan hech qanday qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarsiz, tekin kelayotgan o‘ziga xos sovg‘a, — deydi injyener.
Suv toshqini xatar ham keltirishi mumkin.
Suvlilik darajasi o‘rtacha bo‘lgan yillarda Tojikiston tog‘larida 52,2 kub kilometr suv paydo bo‘lgan bo‘lsa, mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, bu yil bu hajm 59 kub km.dan o‘tadi. Ya'ni, 2017 yil har 20 yilda bir takrorlanuvchi, odatdagisidan kamida 5 foizga suv ko‘proq yetkaziladigan sersuv yil bo‘lishi aniq bo‘lib turibdi.
— Bundan keyin erigan qor suvlari daryolarni to‘yintiruvchi asosiy manba bo‘ladi va daryolar rejimida o‘zgarishlar kundan-kunga ular bosib o‘tadigan har bir metr yo‘lda ushbu gidrologik yil tugagunga qadar ro‘y beraveradi, — deydi Sirojidinov.
Mutaxassisning gaplariga ko‘ra, ushbu prognoz gidroenergetika va irrigatsiya, shuningdek, boshqa ehtiyojlar uchun ishlatilishi mumkin.
— Xulosa o‘rnida eslatib o‘tish joizki, yog‘in-sochinlar va qor erishi tufayli suv sathining ko‘tarilishi juda kuchli suv toshqinlariga sabab bo‘lishi mumkin, — deya ta'kidlaydi injyener. — Erigan qor va muz suvlari va ehtimolli yomg‘ir suvlari daryo o‘zanini to‘ldirsa, daryolar toshib, yon-atrofidagi joylarni suv bosishi mumkin. Bundan aholi uchun aniq-tiniq xavf ko‘rinib turibdi. Quyushqondan chiqqan oqimlar juda katta vayronkor kuchga ega bo‘lishadi. Ular qirg‘oqlarning ko‘chishiga, yo‘llarning buzilishiga, turar joylarning vayron etilishiga sababchi bo‘lib, daraxtlarni ildizi bilan yulib, oqizishi, ekin maydonlarini yakson qilishi mumkin. Eriyotgan suvlar eng avjiga chiqqanida ular jala suvi bilan birgalikda Tojikistonda butun qishloqlarni bosib, umummilliy miqyosdagi halokatni keltirib chiqarganiga tarixda bir necha bor guvoh bo‘ldik.
Shu sababali mutaxassis tegishli idora va muassasalariga joriy oylar davomida daryolarning o‘zini tutishi ustidan nazoratni yo‘qotmaslikni maslahat beradi.
Mavzuga oid
08:39 / 04.04.2026
Qishloq va suv xo‘jaligi sohasi uchun kadrlar tayyorlash tizimi kuchaytiriladi
19:48 / 10.03.2026
Muhandis talabalar 4 kun nazariy bilim oladi, 2 kun amaliyot o‘taydigan tizim yaratiladi
11:34 / 14.02.2026
Markaziy Osiyo energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:16 / 15.12.2025