Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Markaziy Osiyo energetika va suv xo‘jaligi vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Uchrashuv davomida joriy kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, vegetatsiya davrida suv-energetika tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar tarmoqlar ish rejimlari bo‘yicha grafiklarni kelishib oldi.
13 fevral kuni Toshkentda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalari energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlarining navbatdagi ishchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Energetika vazirligi axborot xizmati.

Uchrashuvda O‘zbekiston energetika vaziri J.Mirzamahmudov, suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamrayev, Qirg‘iziston energetika vaziri T.Ibrayev, Qozog‘iston energetika vaziri Y.Akkenjyenov hamda Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vaziri D.Juma ishtirok etgan. Shuningdek, tadbirda mazkur mamlakatlar energetika kompaniyalari rahbarlari va mas’ul mutaxassislari ham qatnashgan.
Muzokaralar chog‘ida so‘nggi yillarda do‘st va qardosh davlatlar prezidentlari tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan ko‘p tomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda, xususan, yoqilg‘i-energetika sohasida ham izchil va samarali rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida joriy kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, vegetatsiya davrida suv-energetika tizimlarining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlash, shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar tarmoqlar ish rejimlari bo‘yicha grafiklarni kelishib oldi.
Mavzuga oid
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
08:40 / 09.07.2026
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
19:35 / 05.07.2026