Prezidentning 2026 yil 2 apreldagi PQ–122-son qaroriga muvofiq, “Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti huzurida 2026-2027 öquv yilidan boşlab mahalliy va xorijiy talabalar uçun maxsus tayyorlov kursi taşkil etiladi. Uşbu kurs STEAM fanlari, til bilimlari, akademik yoziş hamda milliy strategik mezonlar böyiça bilimlarni mustahkamlaşga qaratilgan bölib, bir yillik muddatda tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

2027-2028 öquv yilidan boşlab mazkur tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tamomlagan, ya’ni özlaştiriş körsatkiçlari “5 (a’lo)” va “4 (yaxşi)” bölgan bitiruvçilar universitetga imtihon asosida tölov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Şuningdek, “texnikum–oliygoh” tamoyili asosida Toşkent geodeziya va kartografiya texnikumi universitetga biriktirilib, uning binosida Umummuhandislik fakulteti taşkil etiladi. Bu esa örta maxsus va oliy ta’lim örtasida uzviylikni ta’minlaşga xizmat qiladi.

Qarorga muvofiq, universitetdagi “Suv diplomatiyasi” magistratura mutaxassisligi “Xalqaro suv diplomatiyasi” deb qayta nomlanadi. Uşbu yönaliş bitiruvçilariga “Xalqaro suv munosabatlari sohasida mutaxassis” kvalifikatsiyasi berilişi belgilangan.