Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya mudofaa vaziri Amerika harbiy mashg‘ulotlarini bekor qilishni talab qildi
Yaponiya mudofaa vaziri Tomomi Inada Janubiy Okinava orolida 31 may-1 iyun kunlariga mo‘ljallangan harbiy mashg‘ulotlarni bekor qilishni talab qildi. Bu yerda AQSh QKning mamlakatdagi qo‘mondonligi desant mashg‘ulotlarini o‘tkazishni rejalashtirgan edi.
NHK telekanalining Inadaga asoslangan holda xabar qilishicha, Amerika harbiy qo‘mondonligi fuqaro aviatsiyasining mahalliy boshqarmasiga xabarnoma yuborgan. Ikki mamlakat o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, AQSh bo‘lg‘usi mashg‘ulotlardan kamida 7 kun avval ogohlantirishi kerak.
"Biz AQShga mashg‘ulotlarni bekor qilishni va fuqaro havo kemalari uchun ogohlantirishni olib tashlashni so‘rab murojaat qildik. Hozircha, biz Amerika tomonidan javob olganimiz yo‘q", — degan Yaponiya mudofaa vaziri.
Okinavada 25,8 ming amerikalik harbiy xizmatchilar va ularning 19 ming oila a'zolari va AQShning fuqarolik xodimlari mavjud. U yerda AQShning Yaponiyadagi harbiy inshootlarining 70 foizi to‘plangan. AQSh HHKning so‘nggi parashyut-desant mashg‘ulotlarini, mahalliy aholi noroziligiga qaramay, aprel oyi oxirida o‘tkazgan edi.
Mavzuga oid
07:21
Immigrant trak haydovchilarni cheklab, amerikalik faxriylarga almashtiramiz – Tramp
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026