Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankada suv toshqinlari qurbonlari soni qariyb 200 kishiga yetdi
Shri-Lankada yuz bergan suv toshqinlari tufayli halok bo‘lganlar soni 193 kishiga yetdi, yana 94 inson bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Bu haqda Frans Press agentligi mahalliy hukumatga asosan xabar berdi.
Avvalroq 177 inson halok bo‘lgani va 109 nafari bedarak yo‘qolgani ma'lum qilingandi.
Mamlakatning turli tumanlaridagi suv toshqinlariga juma kuni boshlangan kuchli yomg‘irlar sabab bo‘lgan. Taxminan 600 ming kishi suv toshqinlari va ko‘chkilar tufayli o‘z uylarini tark etdi, 1,3 mingdan ortiq uylar vayron bo‘ldi, yana taxminan yetti ming uy zarar ko‘rgan. Shri-Lanka favqulodda vaziyatlarda harakatlanish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, suv toshqini mamlakatning 15 okrugida hammasi bo‘lib 557 ming kishini qamrab oldi. Tabiiy ofatdan jabr ko‘rganlarning ko‘pchiligi o‘z uylariga qayta boshladi.
Shri-Lanka BMT va Janubiy Osiyo davlatlariga tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etishda yordam so‘rab murojaat qildi. Xitoy Shri-Lankaga 2 million dollarlik gumanitar yuk yuborishga va'da bergan.
Mavzuga oid
09:12 / 27.05.2026
O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi
22:02 / 06.05.2026
“Yana ozgina yomg‘ir yog‘sa, favqulodda holat vujudga kelardi” – shaharsoz
23:56 / 27.04.2026
Shri-Lankada mojaro: 23 rohib 110 kg nasha kontrabandasi uchun hibsga olindi
20:40 / 05.03.2026