Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putinni IShID terrorchilari bilan bir safga qo‘yishdi
Amerikalik respublikachi senator, o‘zining aksilrossiya qarashlari bilan mashhur bo‘lgan Jon Makkeyn Rossiya prezidenti Vladimir Putinni xalqaro xavfsizlik yo‘lidagi «eng asosiy va jiddiy tahdid», deya baholagan. Senator bunday fikrni ABC’ga bergan intervyusi mobaynida tilga olib o‘tgan.
Makkeynning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi rahbarining xatti-harakatlari IShIDning qilmishlaridan ham vayronkorroq, chunki «aynan ruslar amerika saylovlarining natijalarini o‘zgartirish ortidan demokratiya asoslarini yo‘q qilishga urinib kelishgan va urinishmoqda».
Siyosatchining aytishicha, Senat ruslarning saylovlarga aralashuvi tufayli Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilish talabida qat'iy turaveradi.