Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada xalqaro aeroportning yangi terminali va yangi temir yo‘l vokzali ochilmoqda
Ostonada xalqaro aeroportning yangi terminali taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz muxbiri.
Yangi terminalning umumiy maydoni – 47 ming kvadrat metr. U o‘z ichiga yo‘lovchilar xalqaro terminali va VIP-terminal, oltita havo kemalarining yangi turargohi va to‘rtta avtobuslarga kirish joyini qamrab olgan. Pasport nazorati uchun 42 ta kabina va soatiga 1 200 ta yuk o‘tishini ta'minlovchi bagaj tizimi bor.
Terminalda kompyuterlar va Wi-Fi’ga ega ofis hududlari, dush kabinkalariga ega hojatxona zonalari, o‘rindiqlar va kursilarga ega oltita turli zona bor, terminalning ustki qavati esa restoran hududiga berilgan.

Yangi terminalning loyiha quvvati yiliga besh million kishini tashkil etadi, tig‘iz vaqtda esa - 1 775 nafar yo‘lovchi. O‘tkazish imkoniyati – yiliga uch million yo‘lovchi. Shu tariqa, Ostona aeroporti bir yilda sakkiz milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi mumkin.
Terminalning o‘ziga xos prinsipi bir vaqtning o‘zida 12 ta xalqaro va ichki reyslardagi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Yangi terminal EXPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasi ochilishiga qadar ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, Ostonada “Nұrli jol” yangi temir yo‘l vokzali ham ochilmoqda. Davlat rahbari Nursulton Nazarboyev unga tashrif buyurdi, deb ma'lum qildi Tengrinews.kz.

"Yaqinda EXPO ochiladi. Shu sababdan men poytaxtimizning yangi obektlariga tashrif buyurmoqdaman. Bu vokzal sobiq ittifoq davlatlari hududidagi yagona shunday vokzaldir. Men hattoki Yevropada ham shunday vokzalni ko‘rmaganman. U kelajak uchun ishlaydi. Biz Qozog‘istonning barcha mintaqalarini "Talgo" tez yurar poyezdlari bilan birlashtirdik, ular soatiga 150-200 kilometr tezlikda yurishi mumkin. Agarda Olmaotadan avval 24 soat davomida kelingan bo‘lsa, endi bunga 11 soat ketadi, xolos", - dedi Nazarboyev.
Yangi vokzal majmuasi - umumiy maydoni 126 ming kvadrat metr bo‘lgan olti darajali binodir. O‘tkazish imkoniyati – bir sutkada 35 ming yo‘lovchi.
Birinchi va ikkinchi qavatlar yer ostida joylashgan, u yerda 740 avtomobilga mo‘ljallangan avtoturargoh va texnik xizmat ko‘rsatish xonalari bor. Poyezdlar binoning uchinchi qavatiga keladi, u yerda yo‘lovchilar poyezddan tushadi va unga chiqadi. Vokzal perroni yopiq holatda. Ta'kidlab o‘tish joizki, chiptasiz fuqarolarning perronga kirishi taqiqlangan.


Binoning to‘rtinchi qavatida kutish zali, savdo do‘konlari va chipta kassalari joylashgan. Beshinchi qavatda ovqatlanish shoxobchalari, onalar va bolalar xonasi, mehmonxona bor.
Vokzalda xavfsizlikka katta e'tibor qaratilgan, bino videokuzatuvning intellektual tizimi bilan jihozlangan – taxminan 510 ta kamera o‘rnatildi.
Yangi vokzaldan birinchi poyezd 1 iyundan yo‘lga chiqadi.





Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
09:02 / 29.05.2026
Shveytsariyada vokzalda hujum: uch kishi yaralandi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:36 / 15.05.2026