Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon suriyalik kurdlarga qurol yetkazib berayotganini tasdiqladi
AQSh kurdlarning "Suriya demokratik kuchlari"ga harbiy texnika, xususan, o‘qotar qurol va transport vositalari (Syrian Democratic Forces, SDF) yetkazib berishni boshladi. Buni 30 may kuni AQSh mudofaa vazirligi vakili Edrian Renkayn-Gellouey tasdiqladi.
Avvalroq Reuters axborot agentligi Vashington Suriyaning Raqqa shahrini IShID jangarilaridan ozod qilish operatsiyasida ishtirok etayotgan kurd jangarilariga qurol-aslaha yetkazib berishni boshlaganini ma'lum qilgandi.
"Men AQSh boshchiligidagi koalitsiya SDF kurd kuchlariga qurol-yarog‘ yetkazib berishni boshlaganini tasdiqlay olaman. Bu ilk yetkazmalar o‘qotar qurol va transport vositalaridan iborat", deb aytgan AQSh vakili.
Asosini kurd kuchlari va arab qabilalari lashkarlari tashkil qiluvchi SDF AQSh aviatsiyasi va maxsus kuchlari ko‘magida Raqqani ozod qilish uchun jang olib bormoqda. Amerikaliklarning bunda ishtirok etishi rasmiy Damashqning noroziliga sabab bo‘lmoqda, chunki ular Suriya hukumatining roziligisiz harakat qilmoqdalar va ularning Suriya shimolida mavjudligi mohiyatan bosqinchilik sanaladi.
Mavzuga oid
20:25 / 16.07.2026
AQSh grin-karta talabgorlari uchun 100 ming dollarlik garov joriy etishi mumkin
12:03 / 16.07.2026
Eronning nishonlari – dunyoda va Arab ko‘rfazi davlatlarida AQShning nechta harbiy bazasi bor?
08:52 / 16.07.2026
AQSh Erondagi harbiy obektlarga yangi zarbalar berdi
22:58 / 15.07.2026