Jahon | 23:29 / 31.05.2017
6528
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada quyosh batareyasida ishlovchi birinchi shifoxona ochildi

Foto: YouTube screenshot/UOSSM

Suriyada bir necha oylik sinovlardan keyin quyosh energisi bilan ta'minlanuvchi birinchi shifoxona ochildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.  

Suriyaning elektr energiya infratuzilmasiga fuqarolik urushi vaqtida jiddiy putur yetgan. Buning oqibatida shifoxonalar dizel generatorlardan foydalanishni boshlashgan. Axborot agentligining ma'lum qilishicha, Yordam ko‘rsatish bo‘yicha muassasalar va tibbiyot tashkilotlari ittifoqi shifoxonalarni dizel generatorlaridan kamroq darajada tobe qiluvchi Syria Solar loyihasini yo‘lga qo‘ydi.

Xavfsizlik nuqtai nazaridan shifoxonaninng qayerda joylashgani oshkor qilinmagan. Shifoxona dizel generator va 480 ta quyosh panellidan ishlab chiqariladigan energiya bilan ta'minlanadi. Agar yonilg‘i umuman yo‘q bo‘lsa, jonlantirish va operatsiya bo‘limlari quyosh energiyasida 24 soatgacha ishlay oladi.

"Bu shifoxonalarni ishchi tartibda saqlash – ko‘pchilikning hayot-mamoti masalasidir", deb aytgan loyiha rahbari Tarek Makdissi. Uning aytishicha, tashkilot 2019 yil bahori oxirigacha yana 5 ta shunday AYoQSh ochmoqchi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid