Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda 53 ta avtoulovni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB
2016 yilning 30 may kuni Atabek Axrarbekovich Mamirbekov Sergeli tumani hududida, fuqaro Mehroj Mahmudovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan “Lasseti” avtoulovini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, keyinchalik Sherzod Shoraxmedovga avtoulovni 9000 AQSh dollariga sotib yuborgan va olgan pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Mamirbekovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya'ni o‘zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, Mamirbekov 2016 yil mart oyidan 2016 yil iyun oyiga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida firibgarlik yo‘li bilan 53 nafar fuqarolarga tegishli bo‘lgan avtoulovlarni qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, “102” telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar idoralariga murojaat etishlari mumkin.
Mavzuga oid
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
14:51 / 24.03.2026
Toshkentda kiberjinoyatlar jinoyatlarning yarmidan ko‘pini tashkil qildi
14:01 / 24.03.2026
Toshkentda YaHM o‘sishi bo‘yicha Mirobod yetakchi bo‘ldi
21:03 / 22.03.2026