Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikistonda birdaniga ikkita bozor yonib ketdi
Foto: News.tj
Tojikiston janubidagi Farxor tumanida taxminan yuzta savdo do‘koni yonib ketdi. Yong‘in oqibatida birdaniga ikkita bozor yongan. Olovning tezlik bilan tarqalishiga kuchli shamol va mahalliy o‘t o‘chirish xizmatining yaxshi holatda bo‘lmagan mashinasi sabab bo‘ldi.
«Aziya Plyus»ning mahalliy aholiga asosan yozishicha, yong‘in sanoat tovarlari do‘konidan boshlangan. «Yong‘in qurilish materiallari va xo‘jalik mollari bilan savdo qilingan do‘kondan boshlandi», - deyishgan mahalliy fuqarolar.
Yong‘in kechki soat oltida boshlangan. «Kecha shamol ancha kuchli edi, olov tezlik bilan tarqaldi, kishilar o‘z mahsulotlarini olib chiqishga ham ulgurishmadi, ko‘pchilik faqatgina naqd pullarini saqlab qolgan. Bir necha kishi kuyish jarohatini oldi», - deya xabar bergan bozordagi sotuvchilardan biri.
Yong‘in tufayli Markaziy va yangi bozorlar yonib ketgan. Bu yerlarda taxminan ming kishi ishlardi.
Xabarga ko‘ra, yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab yuz bergan. Ayni damda maxsus komissiya zarar miqdorini aniqlash bilan shug‘ullanmoqda.
Mavzuga oid
16:03 / 10.01.2026
Shveytsariya Kran-Montaneda yong‘in qurbonlari xotirasini yod etdi
10:01 / 06.01.2026
Tashkent City hududida konteyner yonib ketdi
15:42 / 05.01.2026
Shveytsariya kurortidagi yong‘in: yana 16 qurbonning shaxsi aniqlandi
09:31 / 05.01.2026