Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston TIVda qator davlatlar elchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2017 yilning 31 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Qirg‘iziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi ikki tomon hamkorligining amaliy jihatlari diqqat markazida bo‘ldi.
Shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Turkmanistonning Favqulodda va Muxtor Elchisi Shiri Shiriyev bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda joriy yilning mart va may oylarida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston uchrashuvlari doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki davlat delegatsiyalarining xalqaro tashkilotlar doirasida o‘tkazilayotgan tabdirlardagi ishtiroki borasida ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026