Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent IIBB 5 oyda 231 nafar bedarak yo‘qolganlarni topishga muvaffaq bo‘ldi
Sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta'minlash maqsadida olib borilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida oy boshidan 115ta, hafta davomida esa 24ta, shundan 1ta qotillik, 1ta qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, 13ta o‘g‘irlik, 7ta firibgarlik, 2ta transport vositasini olib qochish jinoyatlari fosh etildi. Bu haqda Toshkent IIBBda bo‘lib o‘tgan matbuot brifingida Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qildi.

Shuningdek, yil boshidan 971 nafar, may oyi davomida 166 nafar, 25-31 may kunlari oralig‘ida 46 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlangan. Bundan tashqari, yil boshidan 313 nafar kishi bedarak yo‘qolgan sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, tezkor-qidiruv tadbirlar natijasida 231 nafari aniqlanib, yashash joylariga qaytarilgan.
Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurash borasida olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida may oyida davomida 105ta, hafta davomida 22ta holat aniqlandi.
Shuni alohida aytib o‘tish lozimki, Toshkent shahriga kirib kelish postlarida yil boshidan giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilish jinoyatlariga doir 86ta, hafta davomida 7ta holat aniqlangan. Hafta davomida 1,03 gramm, oy davomida 11,019 kg, yil boshidan esa 24,246 kg giyohvandlik vositalari olingan.
Mavzuga oid
08:40 / 12.04.2026
Qarz laqabli pora, IIBdagi “plan” va Sindorovning rekordi - hafta dayjesti
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026
“Shahzod -Gold” uch yarim yilga ozodlikdan mahrum qilindi
13:44 / 26.02.2026