Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gidrometeorologik xizmat, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati FVV tizimiga o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni e'lon qilindi.
Farmon bilan quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga belgilangan tartibda beriladi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologik xizmat markazi tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i.
Belgilanishicha, Gidrometeorologik xizmat markazi va uning tarkibiy tuzilmalari, Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i mavjud shtat birligi va moddiy-texnik bazasi bilan to‘liq, amaldagi moliyalashtirish tartibi, mehnatga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish tartibi bilan o‘tkaziladi.
Berilayotgan Seysmologiya institutining tezkor xabarlar xizmati va seysmik xavfning seysmologik monitoringi va prognostik monitoring respublika tarmog‘i bazasida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining seysmoprognostik monitoring Respublika markazi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta'minlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi markaziy apparati tarkibida Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi tashkil etiladi.
Mavzuga oid
08:46 / 18.05.2026
Qamchiqda tog‘da adashgan 7 nafar fuqaro qutqarib qolindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
13:45 / 26.04.2026
Toshkent viloyatida tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan FVB boshlig‘i ushlandi
23:08 / 18.04.2026