Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi «Bog‘i Bobur» istirohat bog‘ida bo‘ldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga tashrifini «Bog‘i Bobur» istirohat bog‘i bilan tanishishdan boshladi.
O‘zA bergan xabarga ko‘ra, mazkur istirohat bog‘ Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan. Bobur xalqaro jamoat fondi tasarrufidagi so‘lim maskan 357 gektar maydonni egallagan. Bog‘da Bobur Mirzoning ramziy qabri va haykali, «Bobur va jahon madaniyati» muzeyi barpo etilgan. Bobur hayoti va merosini o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy ekspeditsiya tomonidan olib kelingan noyob qo‘lyozmalar, kitoblar va tarixiy ashyolar o‘rin olgan muzey O‘zbekistondagi diqqatga sazovor maskanlardan biriga aylangan.
O‘zbekiston rahbari tashabbusi bilan istirohat bog‘ini yanada obod qilish, muzeyni ta'mirlash va faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.
«Har bir hududga borganda o‘sha yerning tarixini o‘rganish va tiklashga e'tibor qaratmoqdamiz. Bobur Mirzo xalqimizning buyuk farzandi. Adabiyot, ilm, ma'rifat nuqtayi nazaridan u hamon yashayapti. Bu maskanni yanada obod qilib, tarbiya o‘chog‘iga aylantirish zarur. O‘zligimizni anglab, buyuk tariximizni yoshlarga tushuntirsak, ilm-ma'rifatni rivojlantirsak, hech qachon kam bo‘lmaymiz», degan prezident.
Prezident muzey eksponatlari bilan tanishgan, olimlar va nuroniylar bilan muloqotda bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:04 / 11.06.2026
Toshkent–Andijon va Toshkent–Termiz yo‘nalishlarida yuqori tezlikdagi poyezdlar qatnovi reja qilinmoqda
13:28 / 11.06.2026
Andijondagi poliklinikada fojia: 4 kishi vafot etdi
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026