Chaynalayotgan mavzu: GM-Uzbekistan narxni ko‘tarishdan boshqa yangilik qila oladimi?

Foto: "Kun"
Dunyo avtokonsernlari elektr, quyosh energiyasi yordamida, shunindek, haydovchisiz boshqariladigan avtomobillar, uchadigan avtomashinalar va Ilon Maskning HYPERLOOP loyihasi ustida bosh qotirayotgan bir paytda, yurtimizdagi yengil avtomobil ishlab chiqarishga asoslangan monopol tashkilot — GM-Uzbekistan narxni oshirish ustida bosh qotirmoqda.
Dunyodagi yetakchi davlatlardan biri, Janubiy Koreya sobiq prezidentining «Mo‘'jiza sodir bo‘lmaydi» nomli kitobida monopol tashkilot davlatning rivoji uchun hech qachon xizmat qilmasligini, sifat borasida ham oqsoqliklar kuzatilishini yozgan holda, unga mos ravishda yana bir va bir necha korxonalar barpo etilishi mamlakatda muayyan sohada sog‘lom raqobatning vujudga kelishi borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashgan.
Balki bu fikrlar to‘g‘ridir, balki bizga unchalik ham mos kelmas, lekin sifat borasidagi gaplariga qo‘shilmasdan ilojimiz yo‘q.
Keling, avtosalondan xarid qilingan avtomashinaning kamchiliklari borasidagi mavzuga o‘tmaylik, shusiz ham bu sohadagi boshqa muammolar yetarlicha! Xaridorlar bu kompaniyaning beo‘xshov qiliqlaridan shu darajaga borib yetishdiki, «bitta eshigi yo‘q ekan, eshikni yana 3 oy kutasiz», — deyishsa, «e, mayli, eshikni o‘zim sotib olarman, mashinani chiqarib bersang bo‘ldi», deyishga ham rozi.
Deyarli mahalliylashgan korxonaning mahsulotlarini xorijiy valyutada olishga rozi bo‘lmasdan ilojimiz yo‘q edi. «Xohlasang shu, bo‘lmasa, ana katta ko‘cha». Mayli, bunga ham rozi edik, «Ji-Em»ga dollarda sotilayotgan mashinalari uchun davlat kursining muntazam oshib borishi endi xalq tili bilan aytganda «nevigodno» bo‘la boshladi.
«Nima qilmoq kerak?» — ular uzoq bosh qotirib o‘tirishmadi ham. «Ketsa — xalqdan ketyapti, narxni oshiramiz. Lekin, belgilab qo‘yinglarkim, dollarning MB tomonidani sotish yoki xarid qilish mas'uliyatisiz belgilab beriladigan davlat kursi har seshanba ko‘tarilsa, avtomobillarimizning ham narxi shunga mos ravishda oshadi. Eski xatoni takrorlamasligimiz kerak!»
Shu paytgacha asosan uyali aloqa kompaniyalari va aksariyat internet-provayderlarning tarif rejalari dollarda belgilangan, uni to‘lashda Markaziy bankning o‘sha haftadagi kursiga qarab, so‘mda to‘lab kelar edik.
Internet-provayderlar va uyali aloqa kompaniyalari dollardagi tarif rejalaridan voz kechib, to‘liq so‘mlik tarif rejalariga o‘tkazish jaaryoni boshlanganida «Ji-Em Uzbekistan»ning qilgan ishi «yotib qolguncha otib qol» qabilida bo‘lyaptimi?
Davron RAVShANOV
Tavsiya etamiz
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
Yerosti suvlaridan foydalanuvchilar hisoblagich o‘rnatmasa, 5 barobar soliq to‘laydi. Bu qanday ishlaydi?
O‘zbekiston | 21:05 / 19.05.2025
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Rossiyaga kirishda QR-kod talab qilinadi
Jahon | 13:33 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
ANORBANK Jazoirda XSRIK bilan 10 million dollarlik moliyalashtirish bitimini tuzdi
Jamiyat | 17:00
-
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
Jahon | 16:51
-
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi
Jahon | 16:44
-
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
O‘zbekiston | 16:41
Mavzuga oid

00:01 / 04.08.2018
Rossiyadagi o‘zbeklar GM-Uzbekistan avtolari narxidan norozi

20:19 / 30.07.2018
1 avgustdan e'tiboran GM Uzbekistan avtomashinalariga belgilangan narxlar

12:13 / 08.07.2017
GM-Uzbekistan rahbari: Ravon brendi o‘rnida «Sarbon», «Karvon» ham bo‘lishi mumkin edi

22:14 / 06.07.2017