Özbekistonda sirtqi ta’lim tugatilmoqda. Kun.uz bu töğri qaror böldimi yoki yöq – soha mutaxassislari bilan tahlil qildi. Ta’lim masalasida ekspert Azamat Akbarov va huquqşunos, xususiy OTM egasi Bektoş Xotamov fikrlari qarama-qarşiligida ötgan suhbatda sirtqi ta’lim özi nimaga oçilgani, uning yopilişi ta’sir doiraga egami yoki yöq, uning muqobili qanday bölişi kabi masalalar muhokama qilindi.
Yangi öquv yilidan boşlab OTMning sirtqi ta’limiga qabul töxtatiladi. Bu prezidentning tegişli farmonida nazarda tutildi. Ayni hujjat bilan universitetlar ustidan nazorat ham kuçaytirilmoqda. 2017 yildan beri mavjud tizimdan nega voz keçilyapti? Bu qançalik töğri yoki xato qaror böldi?
Kun.uz ayni mavzu atrofidagi savollar bilan mutaxassislarga yuzlandi. Intervyuda ta’lim masalalarida mutaxassis Azamat Akbarov hamda huquqşunos Bektoş Xotamov iştirok etdi.
Azamat Akbarovning ta’kidlaşiça, oliy ta’limda sirtqilarning tugatilişi töğri qaror bölgan. U bunday tizim bir neça yillar davomida universitetlar tomonidan suiiste’mol qilingani, haddan ziyod talabalarni qabul qilib, sifat masalasi keyingi örinlarga tuşib qolganini aytmoqda.
“Ularga beriladigan ta’lim, ya’ni öşa ta’lim şakli qay tarzda berildi va talabalar qança bilimga ega böldi? Men öylaymanki aslida sirtqi ta’lim boşqa şakllarda oçilişi kerak edi.
Hozir juda köp ijtimoiy tarmoqlarda aytiladigan öşa “part time” yoki masofaviy ta’lim şaklida. Dunyoda yuz yillar davomida bor bölgan masofaviy ta’lim 120 yillik tarixga ega. Bizda nima uçundir bunga ötilmadi va öşa sovet mafkurasidan, öşa sovet davrida bor bölgan sirtqi ta’lim borligiça davom ettirildi.
Ba’zi universitetlar özidan qöşimça sarmoya investitsiya kiritib, sirtqi ta’limni imkon qadar boyitişga harakat qilişdi. Köproq masalan, öşa bilimlar könikmalarga ega talabalarni çiqarişdi. Ba’zilari esa faqatgina bormi-bor…
Şunday yöldan ketişgani uçun bu rezonans böldi va ma’lum universitetlarning soyasida boşqa universitetlar ham jabr kördi,”– deydi Akbarov.
Huquqşunos Bektoş Xotamov esa aksinça bunday fikrda emas, u sirtqi ta’lim şakli yopilişiga qarşi va buning ortidan muammolar yuzaga kelişidan xavotirda.
“Işlab turgan mutaxassisda faqatgina diplom oliş uçun sirtqi ta’limda öqiş imkoniyati bor. Uning boşqaça imkoniyati yöq-da. U tört yil ertalabdan keçgaça kelib öqiy olmaydi. Ularga ham imkoniyat yaratilişi kerak edi va bu yaratilgandi. 1999 yilda birinçi marta yopilgan bölsa, öşangaça ham özi sirtqi ta’lim bor edi. Lekin 2017 yilda mana hukumat tuşunib yetdiki, ha, bu sirtqi ta’lim kerak ekan degan. Çunki birgina xalq ta’limining özida judayam köp öqituvçilar bor ediki, ular örta maxsus diplom bilan dars berib yurişgan edi, şularga imkoniyat yaratilgan edi.
Statistikani kötargan bölsak, respublika böyiça 700 mingdan ortiq sirtqi ta’limda öqiydigan talabalar bor. Agar örtaça hisobda bitta talaba yiliga ming dollardan pul tölaydigan bölsa, ya’ni örta hisobda qayerdadir masalan 2 ming, qayerdadir 900 dollar tölaşi mumkin, 700 ming talaba degani, bu yiliga 700 million degani, aylanma böladi. Agar biz şu sirtqi ta’limni hozir yopsak, bu bilan sirtqi ta’limga talab tuşib qolmaydi. Ya’ni, bu bolalar ham qayerdadir öqişi kerak. Şu paytgaça nima bölayotgan edi? Şu paytgaça mana şu talabalar Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikistonda öqib yurişgan edi, 2017 yilgaça. Endi şu oqim yana qaytib Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikistonga çiqib ketadi, bu öz-özidan pul çiqib ketişini anglatadi”, – deydi Xotamov.
Suhbat davomida 2 mutaxassis sirtqi ta’limning sifati ustida tortişişdi. Qarama-qarşi fikrga ega ekspertlarimiz bu borada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan örganiş, tadqiqotlar olib borilişi lozimligini, şular asosida sirtqi ta’lim şaklini tugatiş yoki tugatmaslik qarorini beriş töğriligini bildirişdi.
Şuningdek, huquqşunos Bektoş Xotamov sirtqi ta’limning muqobili sifatida farmonda közda tutilgan masofaviy ta’lim şakli kirib kelayotganini ijobiy baholadi. Ammo uning aytişiça, bunda OTMga qöyilayotgan ayrim talablar adolatlilik prinsipiga zid.
“Farmonning özi oldingi qonunçilikka töğri kelmayapti. Qaysi ma’noda? Farmonga köra, endi universitetlar birinçi iyundan boşlab birinçi oktyabrgaça [talabalarni] qabul qila oladi, ya’ni faqatgina tört oy qabul qila oladi. Oldinlari xohlagan oyda qabul qiliş imkoniyati bor edi. Okey dedik.
Endi farmonda yana deyapti: “oldin kunduzgi ta’limga odam qabul qilib olasan, keyin [masofaviy ta’limga şuning] 50 foizi. Sen 1000 ta odam kunduzgiga qabul qilding. Ya’ni özi tört oy vaqting bor. Tört oyda, ya’ni oktyabrgaça kunduzgiga qabul qilasan-da, ana undan keyin öşa 1000 ta odamning 50 foizdan oşmaganini masofaviyga qabul qilasan. Ya’ni bu aslida endi umumiy hisobda 1500 nafar odamning maksimumi böladi degani.
Endi yana bitta joyga e’tibor bering, huquqiy joyi. Xöp, men birinçi oktyabrda qabulni tugatdim. Kunduzgimning natijasi 1000 ta böldi. Lekin narigi undan oldingi qarorga köra, men endi birinçi oktyabrdan keyin qabul qila olmayman. Ulgurmaymiz”, – deydi Xotamov.
Bundan taşqari, ikkala mutaxassislarimiz ham farmon bilan taşkil qilinayotgan va OTMning litsenziyalarini navbatdan taşqari tekşiruvlar orqali bekor qiliş vakolatiga ega Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi taşkil qilinişiga qarşi ekanini qayd etgan. Ularning fikriça, bu ta’limni va sohadagi bozor muhitini öldiradi. Suhbatning töliq şaklini yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.












