Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya Federatsiyasida mehnat qilib yurgan özbekistonlik fuqarolar avtomobil narxining kötarilişidan norozi bölib, «GM-Uzbekistan» rahbariga video-murojaat yöllaşdi.
 

Murojaatda bir yil mobaynida maşinaning narxi 20 million sömdan köproq miqdorga oşganligi qoralangan.

Ma'lumot uçun: 30 iyul kuni bölib ötgan Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida «Özavtosanoat» boşqaruvi raisi Şavkat Umurzoqov 1 avgustdan Özbekistonda GM Uzbekistan maşinalari narxi örtaça 14 foizga oşişini e'lon qilgandi. Lekin köp ötmay «Özavtosanoat» kompaniyasi öz saytida bayonot bilan çiqdi: «GM-Uzbekistan» AJ avtomobillariga narxlar hozirça özgarmaydi».

Video murojaatnomada «GM-Uzbekistan» kompaniyasi tomonidan işlab çiqarilayotgan avtomaşinalarning Özbekistondagi narxi Rossiya va Qozoğistondagi narxlar bilan soliştirilgan va qöşni davlatlarda maşina narxi qariyb ikki barobarga arzon ekanligi ta'kidlangan.

Eslatib ötamiz, ötgan yili may oylarida ham avtomobillarning narxi kötarilişi yuzasidan OAV orqali ma'lum qilingandi. 2017 yil 1 iyundan kompaniya özi işlab çiqaradigan maşinalar narxini oşirişni rejalaştirgani, narxlar 25–30 foizga oşişi taxmin qilinayotgani haqida xabar berilgan va narxlari ham e'lon qilingan edi.