Vizasiz tartibda Rossiyaga boradigan çet el fuqarolari, jumladan, özbekistonliklar ham çegarada QR-kod körsatişlari kerak böladi. Tartib joriy yil 30 iyunidan amalda böladi. Bu haqda Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi konsullik bölimi xabar berdi.

QR-kod «Gosuslugi RuID» mobil ilovasi orqali olinadi. Buning uçun ilovada röyxatdan ötib, şaxsiy kabinet yaratiş, söng fotosurat va şaxsiy ma’lumotlar yuklab, Rossiyada böliş muddatini körsatiş lozim.

QR-kod uçun ariza safardan kamida 72 soat oldin berilişi şart. Agar Rossiyaga boriş zarurati tösatdan (masalan, oğir kasallik yoki yaqin qarindoş vafoti) paydo bölsa, arizani 4 soat qolganda ham topşiriş mumkin.

Bunday röyxatdan ötişdan Belarus fuqarolari, 6 yoşgaça bolalar, şuningdek,  viza, vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş ruxsatnomasiga ega şaxslar ozod etiladi.

6 yoşdan 18 yoşgaça bölgan bolalar uçun arizani ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillari topşiradi — ularda ham şaxsiy röyxatdan ötiş kodi bölişi şart.

Bu tartib Rossiya hukumatining 2024 yil 7 noyabrdagi “Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarning Rossiya Federatsiyasiga kiriş hamda çiqiş qoidalari, şartlarini sinovdan ötkaziş böyiça tajriba ötkazilişi töğrisida”gi qarori asosida amalga kiritilmoqda.