Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-Yorkning global isish tufayli suv ostida qolishi videoda ko‘rsatildi
Claire&Max’s’ning Vimeo kanali two°C - New-York City nomli videoni taqdim etdi. Unda Nyu-Yorkning suv ostida qolishi tasvirlangan bo‘lib, bu holat Yerdagi o‘rtacha harorat ikki darajaga oshsa, ro‘y berishi mumkin. Rolikka Gizmodo nashri e'tibor qaratdi.
Olimlarning baholashicha, agarda Yer iqlimining ikki darajaga isishi ro‘y bersa, atmosfera sirkulyatsiyasi (aylanishi) tizimida kutilmagan o‘zgarishlar yuz beradi. Muzliklar tezlik bilan eriy boshlaydi, bu esa, o‘z navbatida, dengiz sathining oshishiga olib keladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2100 yilga kelib qirg‘oqoldi megapolislar suv ostida qoladi, shuningdek, ba'zi orollar, jumladan, Maldiv orollari yo‘q bo‘lib ketadi.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning 1 iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
09:32 / 07.02.2026
2027 yildan suvdan foydalanish solig‘i suv tejamkorligiga bog‘lanadi
21:10 / 21.01.2026
BMT «global suv bankrotligi» davri boshlanganini e’lon qildi
16:08 / 10.01.2026
O‘zbekistonlik olimlar suvni tozalashga qaratilgan yangi yechimni taqdim etdi
12:21 / 01.01.2026