Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Turkiya bosh vazirining bosh maslahatchisi hibsga olindi
Turkiya bosh vaziri Binali Yildirimning bosh maslahatchisi Fathulloh Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanib qo‘lga olindi. Aynan Gulen Turkiyada 2016 yilning yozida ro‘y bergan davlat to‘ntarishiga urinishni tashkillashtirishda ayblangan.
Hürriyet Daily News’ning xabar berishicha, adliya vaziri sobiq o‘rinbosari Birol Erdem rafiqasi bilan Anqarada qo‘lga olingan.
Ta'kidlanishicha, 2016 yilda Erdem FETO tashkilotiga aloqadorlik bo‘yicha tergov jarayonida guvoh sifatida o‘tgan.
2016 yilning 16 iyul kuni Turkiyada isyonchilar guruhi harbiy to‘ntarishni amalga oshirishga urinib ko‘rdi, biroq hukumat uni bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Qarama-qarshiliklar tufayli 246 nafar turk fuqarosi halok bo‘ldi, hamda 2 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Turkiya hukumati ro‘y bergan holatda Fathulloh Gulenni aybladi va AQShdan uning ekstraditsiyasi talab qildi. Gulenning o‘zi esa isyonni qoraladi va unga aloqador emasligini iddao qilib kelmoqda.
Mavzuga oid
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026