Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan yangi avtomobil modeli bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi Andijon viloyatida amalga oshirishni rejalashtirgan loyihalar bilan tanishdi.
Bunda yengil avtomobillarning yangi modellarini ishlab chiqarish, uskuna va jihozlarni modernizatsiya qilish, yengil avtomobillar qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, yangi modeldagi avtomobillar uchun interer, shtamplangan, payvandlangan panellar, radiator, konditsioner tizimlari, o‘rindiqlar, ovoz so‘ndirgich tizimi qismlari, gaz chiqarish tizimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
Jumladan, davlat rahbari ushbu tashrifi davomida yangi turda ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan Chevrolet Tracker mini krossoverini ko‘zdan kechirdi. Avtomobilning umumiy xarakteristkasi va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi. Yangi modelning eksport yoki ichki bozor uchun chiqarilishi haqida qo‘shimcha ma'lumotlar mavjud emas.

Avvalroq Chevrolet Cruze va Tracker modellari Ravon brendi ostida Rossiyaga qaytishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Eslatib o‘tamiz: 2015 yil «O‘zavtosanoat» AK Chevrolet Tracker bilan bog‘liq ayrim ma'lumotlarni inkor etgan edi. Ushbu ma'lumotlarda “2016 yildan boshlab Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishi, ularning o‘rnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallashi haqida” xabar berilgan edi.



Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026