«Özavtosanoat» AK axborot xizmati milliy ommaviy axborot vositalariga murojaat qilib, «Özavtosanoat» aksiyadorlik kompaniyasi faoliyatiga oid axborotlarni tekşirilmagan axborot manbalaridan olmaslikka çaqirdi.
«Bu kabi işonçsiz xabarlar kompaniya imijiga zarar yetkazişidan taşqari, fuqarolarni alohida şaxslarning spekulyativ qiziqişlari foydasiga çalğitadi», - deyiladi axborot xizmati xabarida.
Kompaniya öz korxonalari faoliyati töğrisidagi barça aniq va töğri ma'lumotlarni «Özavtosanoat» AKning axborot xizmati yoki rasmiy www.uzavtosanoat.uz va www.chevrolet.uz saytlari orqali oliş mumkinligini yana bir marta yodga oldi.
Eslatib ötamiz, «Özavtosanoat» AK ga mutlaqo aloqador bölmagan «Gm-uzbekistan.com» sayti 2016 yildan boşlab Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini işlab çiqariş töxtatilişi, ularning örnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallaşi haqida xabar bergandi. Şundan söng turli internet naşrlari uşbu saytga tayangan holda ma'lumotni tarqatişni boşlagan edi.






